13 mar 19:04
Yangiliklar
Boks/MMA
"Ishonchim komil edi". Saken Bibosinov Olimpiada licenziyasini olganiga munosabat bildirdi
Qozog'istonlik bokschi Saken Bibosinov Italiyada o'tkazilgan licenzion turnirda yo'llanma qo'lga kiritdi.
U faoliyati davomida ikkinchi Olimpiadada ishtirok etadi. Bungacha u Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida bronza medaliga sazovor bo'lgandi.
"Asosiy maqsadim, yurtimiz sharafini himoya qilib, licenziya qo'lga kiritish edi. Men maqsadimga erishganimdan xursandman. Bu katta yo'lning boshlanishi. Oldinda bizni katta masuliyat va muhim janglar kutmoqda.
Tokiodagi xatolarni Parijda to'g'irlashga harakat qilaman.
Licenzion turnir haqida gapiradigan bo'lsa, men barcha raqiblarimga qarshi qattiq tayyorlandim. Licenziya olishimga ishonchim komil edi. So'nggi jangim biroz qiyinroq o'tdi. Biroq, kvota olishga bo'lgan istagim reallikka aylandi", - dedi Bibosinov.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar