So’nggi yangiliklar

19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0 18:40"Кутяпмиз. Ҳозир кучли бешликдаман. Кейинги жанглар чемпионлик учун бўлиши ҳам мумкин" - Исроил Мадримов 0 18:17"Катта жанг устида ишлаяпмиз" - Иноуэ промоутери навбатдаги жангга ишора қилди 0 17:45Эрон терма жамоасига Мисрга қарши ўйиндан 2 кун олдин АҚШга киришга рухсат берилди 0 17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 15:40Криштиану Роналду: "Кимки меҳнат қилса, Худо унга ёрдам беришига ишонаман" 0 15:07Яна икки россиялик атлет Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилади 0 14:42Нурсултон Рўзибоев 2026 йилда яна нечта жанг ўтказмоқчи эканини айтди 0 14:16Ҳибсга олинган Дастин Порье ёрдам сўради 0 13:42Фабио Каннаваро: "Футболчилар эмас, мен хато қилдим" (тўлиқ матбуот анжумани) 0 13:21Блахович UFC’нинг янги рейтинги ҳақида: "Икки кун олдин Гусков энг кучли рақиб билан жанг қилган эди" 0 12:58Саблячи қизларимиз Осиё чемпионатининг жамоавий дастури совриндори! 0 12:24Дзюдочиларимиз Циндао Гран-присида иштирок этишади 0

22 okt 01:12
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev Aleks Volkanovskini nokaut qildi va UFC 294 turnirining barcha natijalari

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahridagi "Etihad Arena"da UFC 294 turniri bo'lib o'tdi.

Turnirning markaziy jangi engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, rossiyalik Islam Maxachev hamda yarim engil vaznda UFC kamari sohibi avstraliyalik Aleksandr Volkanovski o'rtasida kechdi va unda Islam Maxachev 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.


Turnirda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:


Asosiy kard:

Engil vazn chempionligi uchun: Islam Maxachev (Rossiya) — Aleks Volkanovski (Avstraliya) (1-raundda texnik nokaut bilan)

Xamzat CHimaev (BAA) — Kamaru Usman (Nigeriya) (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

Magomed Ankalaev (Rossiya) — Jonni Uoker (Braziliya) (Jang o'tkazilmagan deb topildi)

Ikram Aliskerov (Rossiya) — Vorli Alves (Braziliya) (1-raundda texnik nokaut bilan)

Said Nurmagomedov (Rossiya) — Muin Gafurov (Tojikiston), (1-raundda bo'g'ish usuli bilan)

Prelim kard:

Tim Elliot (AQSH) — Muxammad Mokaev (Buyuk Britaniya), (3-raundda sabmishen) 

Moxammad Yahya (BAA) — Trevor Pik (AQSH), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

Javid Basharat (Buyuk Britaniya) — Viktor Genri (AQSH), (Jang o'tkazilmagan deb topildi) 

Sedrik Dumas (AQSH) — Abu Azaytar (Marokash), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

Mayk Briden (AQSH) — Anshul Jubri (Hindiston), (3-raundda TKO) 

Nataniel Vud (Buyuk Britaniya) — Muhammad Naimov (Tojikiston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

Viktoriya Dudakova (Rossiya) — Jin YU Frey (AQSH), (Hakamlarning yakdil qarori bilan) 

SHarabutdin Magomedov (Rossiya) — Brunu Silva (Braziliya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).





22:57. Britaniya vakili Muhammad Mokaev amerikalik Tim Elliotni 3-raundda bo'g'ish usuli orqali muddatidan ilgari mag'lub etdi.




22:33. O'zbekistonlik Husan Majlimovning shogirdi, BAA vakili Mohammad Yahya amerikalik Trevor Pik bilan jang qildi va hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub bo'ldi.



22:02. Javid Basharat hamda Viktor Genri jangi ikkinchi raundda Genrining taqiqlangan zarbadan jarohat olishi natijasida to'xtatildi. Jang esa o'tkazilmagan deb topildi. 




21:41. Sedrik Dumas to'liq davom etgan jangda marokashlik Abu Azaytarni mag'lubiyatga uchratdi. 



Jangdan suratlar:


21:07. Amerikalik Mayk Briden Hindiston vakili Anshul Jubrini 3-raundda texnik nokaut bilan mag'lub etdi.






Naimovning jangidan fotolar:


20:43. Tojikistonlik Muhammad Naimov angliyalik Nataniel Vudni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi.




Viktoriyaning jangidan suratlar:


20:11. Rossiyalik Viktoriya Dudakova amerikalik Jin YU Freyni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi. Bu Viktoriyaning UFC'dagi ikkinchi jangida qo'lga kiritgan ikkinchi g'alabasi bo'ldi.




SHarabutdinning jangidan suratlar:


19:38. UFC 294 turnirining ilk jangida rossiyalik SHara Bullet braziliyalik Bruno Silvani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.



18:45. Rossiyalik Viktoriya Dudakova hamda Tojikiston vakili Muhammad Naimov ham o'z janglariga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda.



18:20. Turnirning ilk jangida oktagonga chiquvchi SHara Bullet debyutga tayyor!



18:15. Abu-Dabidagi "Etihad" arenasi musobaqa startiga shay holatda!

Reyting:    

Fikrlar

   
21 okt 19:19:42
Artur7001
Қайси каналдан кўрса бўлади
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing