12 avg 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev: "Hech kim Ien Gerrini yoqtirmaydi, shuning uchun muxlislar men tomonda bo'ladi"
Yarim o'rta vazn toifasidagi UFC amaldagi chempioni, rossiyalik Islam Maxachev UFC 330 turnirida muxlislar uni qo'llab-quvvatlashini aytdi.
Uning fikricha, bunga irlandiyalik raqibi Ien Gerrini hech kim yoqtirmasligi sabab bo'ladi.
«U o'zini yomon yigitdek tutadi, intervyularda ko'p gapirishga, turli yomon gaplarni aytishga harakat qiladi. Ammo men uning aslida qanday inson ekanini bilaman. U kamtar yigit. Agar unday bo'lmasa, biz uni kamtar qilamiz. Ien erishgan barcha yutuqlarini, uning mahorati va tajribasini hurmat qilaman.
Ammo, menimcha, muxlislar men tomonda bo'ladi, chunki raqibimni hech kim yoqtirmaydi. Yigitlar, biz uni yanada kamtar qilamiz. Uni hurmat ko'rsatishga majbur qilamiz», deydi Islam UFCning YouTube’dagi rasmiy akkauntida elon qilingan videoda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar