29 sen 08:43
Yangiliklar

Islam Maxachev - Jek Della Maddalena oqshomi yana bir jang bilan boyidi
Tashkilotchilar tomonidan ushbu kard uchun yana bir jang qo'shildi. Bu jang engil vazn toifasi vakillari - amerikalik Benil Dariush va franciyalik Benua Sen-Deni o'rtasida bo'lib o'tadi.
Dariush iyun oyida Renato Moykanoni mag'lubiyatga uchratgan edi. 37 yoshli aralash yakkakurash ustasi bunga qadar CHarlz Oliveyra va Arman Carukyanga muddatidan avval nokaut bilan yutqazgandi.
Benua Sen-Deni esa uch hafta avval braziliyalik Maurisio Ruffini ikkinchi raundda bo'g'ish usuli evaziga taslim etgandi. 29 yoshli francuz Ruffiga qadar Kayl Prepolekni uchburchak bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratgandi.
Ayni paytda Benil Dariush UFC engil vazn toifasi reytingida 9, Benua Sen-Deni esa 13-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar