01 noy 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev ko'cha janglari uchun uch nafar sherik tanladi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Islam Maxachev ko'cha mushtlashuvi uchun sherik sifatida olib borishi mumkin bo'lgan uch nafar MMA jangchilarini sanab berdi.
- Ko'cha mushtlashuviga sherik sifatida kimni olib borarding?
- Keyn Velaskes, Xabib Nurmagomedov va Daniel Korme. Kattalari kerak. U erda, ko'chada kurashish mumkin emas (kuladi).
- Korme mushtlashish uchun juda keksalik qilmaydimi?
- Uni xuddi qalqondek ishga tushirish mumkin, - dedi 34 yoshli Maxachev "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Islam Maxachev so'nggi jangini 18 yanvar kuni o'tkazgandi. O'shanda Los-Anjelesda bo'lib o'tgan UFC 311 turnirining markaziy jangida Islam braziliyalik Renato Moykanoni birinchi raunddayoq bo'g'ib qo'ygan edi. Bu uning engil vazn toifasida ketma-ket qo'lga kiritgan 14-g'alabasi bo'lgandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar