23 avg 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev Maddalenaga qarshi jang rejasi va taktikasini oshkor qildi
Rossiyalik sobiq UFC chempioni Islam Maxachev yarimo'rta vaznda kamar sohibi bo'lib turgan avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi kechadigan jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Islam jangga olib borayotgan tayyorgarligi, qanday taktika va rejadan foydalanishi haqida gapirdi.
"Bu sir emas – men uni parterda mag'lub etmoqchiman. Jangni nazoratga olaman, raqibni charchatib, o'zimni uslubimga moslashtirishga harakat qilaman. Men birinchi martta yuqori vaznda jang qilaman. Demak, tayyorgarligim avvalgilaridan mutlaqo farq qiladi. Sparring-hamkorlar ham umuman boshqa jangchilar va tabiiyki, tayyorgarlik davomida ko'p narsani o'zgartirishga to'g'ri kelyapti. Bularning hammasi yo'l-yo'lakay hal etilmoqda. Bizda bu vazn bo'yicha ko'nikma yo'q", – dedi Maxachev Kaspiyskdagi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar