10 avg 10:19
Yangiliklar
Islam Maxachev: "Men dunyodagi eng yaxshi jangchiman va buni Filadelfiyada isbotlayman"
"Har bir jang oldidan hamma: "Uni nokaut qilaman, Islamni muddatidan oldin mag'lub etaman, uning kurashini to'xtataman", deb aytadi. Lekin hech narsa ish bermaydi. Men xohlagan narsamni qilaman va bu jangni muddatidan oldin yakunlayman. Men dunyodagi eng yaxshi jangchiman va buni Filadelfiyada isbotlayman", — dedi Islam UFC`ning rasmiy YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Ayni damda Maxachev UFC`da 16 ta g'alabali seriya qayd etmoqda. Islam hisobida jami 28 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. Rossiyalik jangchi Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan UFC 322 turniridagi so'nggi jangida avstraliyalik Jek Della Maddalena bilan to'qnash kelgandi. UFC yarim o'rta vazn chempionlik kamari o'rtaga qo'yilgan jangda Maxachev hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.

Fikrlar