24 noy 12:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev navbatdagi jangi haqidagi savolga javob qaytardi
UFC chempioni Islam Maxachev navbatdagi raqibi haqida gapirdi.
"Men bilan bitta turnirda ikki yigit jang qildi - Karlos Prates va Maykl Morales. Ularning har ikkisi ham muddatidan oldin g'alabaga erishdi, ikkisi ham yosh, janglarni yaxshi tugatishmoqda.
Hozir divizionimiz eng faoli, eng yoshi. Kecha ham yaxshi jang bo'ldi - sobiq chempion Bilol Muhammad yosh Ian Garri bilan urishdi.
Hozirda kamida 2-3 nafar davogar bor deb o'ylayman. Yaqin orada, taxminan ikki haftada kim keyingi davogarligi aniq bo'ladi", - dedi Islam Maxachev.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar