19 iyu 12:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev nima uchun Dastin Poreni yutishini istayotganini aytdi
UFC sobiq chempioni Islam Maxachev UFC 318 turniridagi Pore – Xollouey jangi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Men 100 foiz Dastinga muxlislik qilaman. U mening do'stim, gaplashib turamiz. Agar bu uning oxirgi jangi bo'lsa, unda u o'zining barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Unga omad tilayman.
Menimcha, u hakamlar qarori bilan yutadi. Ikkalasi ham nokaut bo'ladigan sportchilar emas. Ular aniq zarba yo'llaydi, lekin qattiq urishmaydi. Bu jang texnik o'yin bo'ladi. Kim texnik jihatdan ustun bo'lsa — shu yutadi", — dedi Maxachev.
Havola :
Manba : Okko
Fikrlar