08 okt 11:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev Oliveyraga qarshi jang oldidan nimalar dedi?
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Islam Maxachev 22 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan CHarlz Oliveyraga qarshi jang haqida gapirdi.
Avvalroq, Maxachevning hamyurti Xabib Nurmagomedov Oliveyra BAAga uchmasligi haqida fikr bildirgandi.
"Men uning kelishiga va jang bo'lishiga ishonaman. Ammo, Oliveyra bu jangdan juda ko'p qochdi. Uni Braziliyaga ko'chirishni juda xohladi.
U avvalroq, Konor va Neyt Diazga qo'ng'iroq qilib, jang qilishga tayyor edi. Oliveyraga men bilan kurashish kerakligi aytilgach, u bu jangni Braziliyaga o'tkazishga harakat qila boshladi.
Menimcha, ular endigina unga o'rinbosar topishni aytdi. U hozir chempion emas. Ular hattoki vakant qolgan chempionlik kamar uchun jangni CHandlerga taklif qilmoqchi ekanliklarini eshitgandim va Oliveyra zudlik bilan shartnoma imzoladi", - dedi Maxachev.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar