18 may 09:28
Yangiliklar
![](/upload/storage/219075_220.jpg)
Islam Maxachev Oliveyrani qanday mag'lub etishini aytdi
"Menejerim menga Oliveyra bilan chempionlik jangini tashkil qilish ehtimoli 50/50 ekanligini aytdi. Hozir faoliyatimning cho'qqisidaman. SHuning uchun chempionlik uchun kurashishim kerak. CHarlz vazn qila olmagani uchun kamaridan mahrum bo'ldi. Bu noprofessionallik. CHempion bunday bo'lishi kerak emas.
Umid qilamanki, ular CHarlzga qarshi jang tashkil qilib berishadi. Matbuot va muxlislar bu jangga qiziqish bildirmoqda. CHarlz bilan kim jang qiladi? Boshqa hech kim yo'q. Konor Makgregor yoki Neyt Diasga qarshi jang haqida gapirganda, u sentyabrda tayyor bo'lishini aytgandi. Ammo, men bilan jangga dekabrgacha tayyor bo'lmasligini bahona qildi.
U mendan qochmoqda. CHunki, uning greppling va boshqa usullari men bilan jangda foyda bermasligini biladi. Na Pore, na CHendler va na Getji uni mag'lub qila oldi. Biz bilamizki, qiyin vaziyatda u tez taslim bo'ladi. SHuning uchun men uni charchataman va taslim etaman", — deya Maxachevning so'zlarini keltiradi ESPN.
Fikrlar