19 avg 08:28
Yangiliklar
Islam Maxachev: "Oyog'im uzunroq bo'lganida edi..."
O'sha vaziyatda u raqibini chap oyoq bilan tepib (xay-kik), yiqitgan, biroq jangni muddatidan avval yakunlay olmagan edi.
"Agar oyog'im uzunroq bo'lganida, bu sof nokaut bo'lardi", — deb yozdi rossiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida va ushbu vaziyat aks etgan videoni joylashtirdi.
Filadelfiyadagi UFC 330 turnirida irlandiyalik raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan Maxachev, bu jangda avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi o'tgan avvalgi jangiga qaraganda kamroq vazn to'plaganini tan oldi. O'sha jangda u raqibini parterda to'liq nazorat qilgan edi.
Rossiyalikning so'zlariga ko'ra, u navbatdagi jangiga qadar vazn farqini kamaytirish uchun ko'proq mushak massasini yig'ishga harakat qiladi. Hozirgi vaziyat shuni ko'rsatyaptiki, Islam chempionlik kamarining navbatdagi himoyasini braziliyalik Karlos Pratesga qarshi o'tkazadi. Prates ham yarim o'rta vazn toifasidagi eng yirik jangchilardan biri hisoblanadi.

Fikrlar