20 okt 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Islam Maxachev tarixiy jang uchun Nyu-Yorkka etib bordi + VIDEO
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Islam Maxachev navbatdagi jangi uchun AQSHga etib bordi.
Rossiyalik 34 yoshli aralash yakkakurash ustasi bizning vaqt bilan 16 noyabr kuni aynan Nyu-York shahrida raqamlangan UFC 322 turnirining asosiy jangida yarim o'rta vazn chempioni avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqadi.
Maxachev "Medison Skver Garden" arenasida o'tadigan o'zi uchun tarixiy jangiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Nyu-Yorkda o'tkazadi.
Oqshoming co-main event, yani muhimligi jihatidan ikkinchi jangi ayollar o'ta engil vazn toifasi chempionligi uchun kechadi. Unda ikki chempion – qirg'izistonlik Valentina SHevchenko va xitoylik Veyli CHjan o'zaro oktagonda to'qnash keladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar