01 noy 18:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Islam Maxachev: "Topuriya bilan jang qiziq bo'lardi, lekin..."
Islam Maxachev Iliya Topuriya bilan ehtimoliy jang haqidagi savolga javob qaytardi.
- Oldinda Jek Della Maddalena bilan janging bor. Ammo barcha Maxachev - Topuriya jangi haqida gapirmoqda. Bu senga qiziqmi?
- Menimcha ha. Yomon bo'lmasdi. Muxlislarga ham, menga ham qiziq. CHunki barcha shu haqida gapirmoqda.
- Barcha shu haqida gapirayotgani uchun senga qiziqmi? Yoki umuman olganda shaxsan o'zing uchun qiziqmi?
- U nimasi bilan qiziq bo'lishi mumkin? Agar men 70 kg vaznga tushsam va Iliya Topuriyani mag'lub etsam, bu menga nima olib keladi? Yana kamar yutamanmi? U menda bor. Birinchi navbatda odamlarga qiziq. Menga yana 70 kg vazn qilib, o'zimni qiynash qiziq emas. Menga 77 kg vaznda jang qilish, ovqatlanish, mashg'ulot lagerida xursand bo'lish va jang qilish qiziq.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar