26 avg 09:18
Yangiliklar
Islam Maxachev UFC`dagi o'zi zabt eta olmaydigan rekordni aytdi
"Buni abadiy rekord deb bo'lmaydi. Baribir shunday jangchilar borki, ularning ketma-ket 10 ta g'alabasi bor. To'g'ri, ular ortimdan nafas olayapti deb ayta olmayman, lekin baribir bor. Boshqa qanday rekordlar borligini o'zim ham bilmayman. Balki, chempionlik janglari bo'yicha bordir. Biroq chempionlik janglari bo'yicha rekord juda katta. Men chempionlik jangigacha 10 ta jang o'tkazganman, bu rekord egasi esa, chamamda, uchinchi yoki to'rtinchi jangidayoq chempionlik uchun kurashgan. SHunday ekan, keyingi rekordlar qanday bo'lishini ochig'i, bilmayman", — dedi Maxachev "Ushatayka" YouTube kanaliga bergan intervyusida.
CHempionlik janglaridagi g'alabalar bo'yicha rekord Jon Jonsga tegishli. Avvalroq amerikalik jangchi Islam Maxachevning buyukligi haqidagi gap-so'zlarga kinoya bilan munosabat bildirib, statistikani ilova qilgan edi. Unda rossiyalik jangchining 7 ta, Jonsning esa 16 ta shunday g'alabasi borligi ko'rsatilgan.

Fikrlar