17 iyu 07:18
Yangiliklar
![](/upload/storage/227105_220.jpg)
Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra jang anonsiga munosabat bildirishdi
Unga ko'ra, ushbu superto'qnashuv 22 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladi. Vakant qolgan chempionlik kamari uchun kechadigan bahs UFC 280 turnirining markaziy jangiga aylanadi. Har ikki jangchi ham bunga o'z munosabatlarini bildirishdi.
"Qani ketdik! Men Islam Maxachev bilan 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 turnirida jang qilaman! Olg'a!", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar qoldirgan braziliyalik jangchi.
"22 oktyabr kuni engil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini men yana Dog'istonga qaytaraman!", - deya vada bergan Maxachev.
Eslatib o'tamiz, shu yilning may oyida CHarlz Oliveyra birinchi raundning o'zida Jastin Getjini bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa-da, vazn o'lchashdagi meyoridan ortiqcha 200 gramm uchun kamaridan mahrum qilingandi.
Fikrlar