So’nggi yangiliklar

19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0

22 okt 08:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Islam Maxachev: "Volkanovski bilan tarix yopildi"

Kecha oqshom MMA olamining nigohi BAA poytaxti Abu-Dabi shahriga qaratildi.

Muhtasham "Etixad Arena"da uzoq kutilgan UFC 294 turniri bo'lib o'tdi. Oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev yarim engil vazn chempioni Aleksandr Volkanovskiga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jangning birinchi raundidayoq Islam raqibini oyoqda yo'llagan xaykik zarbasi bilan mag'lubiyatga uchratdi. 

"Men bo'yi past raqiblarimning bosh qismiga oyoqda yaxshi zarba yo'llayman. Buni bugun ham isbotladim. Volkanovski bilan jangga asosiy rejamiz aynan shunday edi va bu ish berdi. Bir nechta lou-kik zarbalarini yo'llab, Volkanovskini xato qilishga majbur etdim. Raqibimning oyoq, tana va keyin bosh qismiga zarba berish ustida bir necha oy ishladik. Bu vazifani yuz foizga uddaladim. 

"Raqibimni birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratganimdan xursandman. Nega? Agar bu ishni chempionlik raundlarida amalga oshirganimda, odamlar Aleksni jangni qisqa muddatda qabul qildi, besh raundlik jangga tayyorgarligi yaxshi bo'lmadi degan gaplarni yog'dirishardi. Endi Volkanovski bilan tarix yopildi. 

"Ayrim odamlar mening zarba texnikamga past baho berishadi. Bundan buyon ular meni hurmat qila boshlashadi. Men faqat kurashchi va greppler emasligimni isbotladim. Ayni paytda dunyoning eng yaxshi MMAchisiman", - dedi Maxachev kechagi jangdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing