15 noy 14:45
Yangiliklar
Islam Maxachev: "Xabib Konorni sindirgan, u qaytmaydi"
"Xabib uni ruhiy jihatdan sindirib bo'lgan. Bu yigit boshqa qaytmaydi. U endi hech qachon urishmaydi. Men bu haqda ikki yil oldin ham gapirgan edim va hali hamon o'z fikrimda qolyapman. Eshitishimcha, u dopingga qarshi kurash komissiyasidan diskvalifikaciya qilingan... Ehtimol, Jon Jons Oq uydagi jang uchun qaytib kelar, ammo Konor emas", - dedi Maxachev Complex News kanalida.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Konor Makgregor 2026 yilning yozida o'tishi kerak bo'lgan Oq uydagi turnirda ishtirok etishni maqsad qilgan. SHu maqsadda u faol mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
2018 yilning kuzida Makgregor rossiyalik Xabib Nurmagomedovga megafaytda yutqazgandi. Islam aynan o'sha mag'lubiyat Makgregorni sindirgan demoqda.

Fikrlar