11 noy 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Islom birdamligi o'yinlari. 3 ta oltin qo'lga kiritgan bokschilarimiz umumjamoa hisobida nechanchi bo'lishdi?
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkazilayotgan VI Islom birdamligi o'yinlari doirasida boks bo'yicha bellashuvlar nihoyasiga etdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, 8 nafar bokschi bilan ishtirok etgan vakillarimiz, 3 ta oltin, 1 kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Yigitlarimiz yana bir bor o'z toifasida peshqadam bo'lishdi. Umumjamoa hisobida esa ikkinchi bo'ldik, bizdan oldinda Turkiya terma jamoasi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar:
-60 kg. Madiyar Daniyarov
-65 kg. Abdulloh Madaminov
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova.
Kumush medallar:
-60 kg. Odinaxon Ismoilova.
Bronza medallar:
-51 kg. Zilolaxon Yusufova
-54 kg. Uzukjamol Yunusova.
Murabbiylar: Akmal Hasanov, Islom Tadjibaev, Ramzjon Axmedov, Akmal Qosimov.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar