So’nggi yangiliklar

12:26“Истиқлол”: Машарипов операция қилинди 0 12:05Sofia European Open 2026. Бугун 8 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:44Мадримовнинг вазнидаги россиялик чемпион камаридан маҳрум бўлди 0 11:23Маржона Нуруллоева Sofia European Open 2026 совриндори 0 11:02Sofascore. Файзуллаев ва гол урган Шомуродов неча баҳо олди? 0 10:41Шавкат Раҳмонов Naiza FC турнирида қўлтиқтаёқда кўриниш берди + ФОТО 0 10:20Tata Steel Chess 2026. Таъқибчисини мағлуб этган Абдусатторов якка пешқадам, Cиндаров соф иккинчи + ФОТО 0 09:59AND STILLLL! Алекс Волкановски реваншда ҳам Диего Лопесни мағлуб этди 0 09:30АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Экитикедан дубль 0 09:04UFC 325. Хукер ва Сен-Дени ўртасидаги co-main event жанг муддатидан олдин якунланди 0 08:42UFC 325 турнирининг прелим кард барча жанг натижалари битта хабарда 0 08:35Рафаэль Физиев навбатдаги мағлубиятни қабул қилиб олди 0 08:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"га 3 та гол урди 0 08:07UFC 325. Туиваса Тейшейрага мағлуб бўлди 0 07:41Бугун Australian Open'да финал: Жокович Алькараз билан тўқнаш келади 0

18 may 16:37
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Kurash, Tennis, Velosport, Taekvondo, Futbol, Karate

“Islom birdamlik o'yinlari”. 44ta medal bilan 4-o'rindamiz, oltinlarimiz 9taga etdi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o'yinlari” o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Bugun musobaqaning navbatdagi kuni sportchilarimiz yaxshi start olishdi. Para-atletikaning nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Aleksandr Svechnikov terma jamoamizga to'qqizinchi oltin medalni taqdim etdi.

Kecha yagona oltin medalni og'ir atletikachimiz Rustam Jangabaev qo'lga kiritgandi. Hozircha hisobimizda 12ta kumush, 23ta bronza, jami 44ta medal bor. Bu bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida hamon 4-o'rinni egallab turibmiz.


55 ta oltin, 46 ta kumush, 39 ta bronza, jami 140 ta medalni qo'lga kiritgan Turkiya terma jamoasi hamon 1-o'rinni band etgan. Ozarbayjon terma jamoasi ikkinchi o'rinda boryapti. Mezbonlar hisobida 50 ta oltin medal bor. Kumush medallar soni 29, bronza esa 20 tani tashkil qilmoqda.

Umuman olganda, ayni daqiqalargacha 20 ta davlat terma jamoalari kamida bitta oltin medalni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi. 54ta ishtirokchi davlat jamoalaridan 33tasi kamida bitta bronza medaliga egalik qilyapti.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing