So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

17 iyu 11:26
Yangiliklar

Sport kurashlari

Islomjon Bahromovni tabriklaymiz!

Bugun yunon-rim kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Islomjon Bahromov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Islom Bahromov 1995 yil 17 iyul kuni Samarqand villoyatining Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi "Navro'z" mahallasida dunyoga kelgan. Birinchi murabbiyi - O'rol Ziyoev. Avvaliga Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxarilari maktab-internatida, keyin O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetida tahsil olgan. 

Aka-uka Islomjon hamda Ilhomjon Bahromovlar o'smirlar, yoshlar va hozir kattalar terma jamoasi safida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda. Islomjon kattalar o'rtasida Osiyo chempioni, Islom Birdamlik o'yinlari va Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari sovrindori hisoblanadi. Ikki bor Osiyo chempionatining bronza medalini qo'lga kiritgan. O'tgan yilning fevral oyida Hindistonning Nyu-Deli shahrida o'tgan qita chempionatida bronza medaliga ega chiqqan.

Fursatdan foydalanib, Islomjon Bahromovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik tilaymiz, musobaqalarda qo'li hamisha baland bo'lsin, deya niyat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing