16 iyu 08:59
Yangiliklar
Ispaniya nohush ananani davom ettirdi
Joriy asrda Evropaning amaldagi chempionlar jahon birinchiliklaridagi o'zlarining ilk uchrashuvlarida biror marta ham g'alaba qozona olishmagan.
JCH-2002: Evro-2000 g'olibi hisoblangan Franciya terma jamoasi turnirni Senegaldan qabul qilib olingan mag'lubiyat (0:1) bilan boshlagan.
JCH-2006: Evropada amaldagi chempion bo'lib turgan Greciya terma jamoasi ushbu mundialga umuman yo'llanma ololmagan.
JCH-2010 va JCH-2014: Ispanlar dastlabki turlarda mos ravishda SHveycariya (0:1) va Niderlandiya (1:5) terma jamoalariga imkoniyatni boy berishgan.
JCH-2018: Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatining 1-turida Ispaniya bilan jangovar durang (3:3) qayd etgan.
JCH-2022: Evro-2020 g'olibi bo'lgan Italiya terma jamoasi esa Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etmagan

Fikrlar