So’nggi yangiliklar

21:34Хоккей. Гампр жаҳон чемпионатининг расмий маскоти бўлади 0 19:23Аморим Брунуга "Реал" томонидан қизиқиш бўлаётганига муносабат билдирди 0 19:02Эдди Хирн Дмитрий Биволнинг эҳтимолий рақибини айтди 0 18:39WBC президенти Бивол ва Бенавидес жанги бўйича музокаралар ҳақида гапирди 0 18:30Хоккей. Арманистон ва Чехия термалари куч синашди 0 18:17Саудия Арабистони клублари Винисиусга Роналдуникидек шартнома таклиф қилмоқда 0 17:52Забит Магомедшариповнинг ММА'га қайтиши ҳақида хабарлар тарқалди 0 17:28PFL асосчиси Усик ва Пол ўртасида жанг ўтказиш ғоясини илгари сурди 0 17:02Леннокс Льюис фаолятидаги энг қийин рақиб кимлигини айтди, бу Майк Тайсон эмас 0 16:40Холанд учун мавсум якунланди 0 16:19Конор Магрегор: "Июнь ойида Алькатрас қамоқхонасида жанг қилишим мумкин эди, лекин..." 0 15:59FIDE рейтинги янгиланди, Абдусатторов кучлилар қаторида, ТОП-100'да 5 нафар ҳамюртимиз бор 0 15:35Эдди Хирн: "Супер оғир вазннинг ҳозирги юлдузи Жошуа, чунки Фьюри нафақада" 0 15:14Бокс бўйича Жаҳон кубогида бугун 3 нафар ҳамюртимиз рингга кўтарилади 0 15:02«Манчестер Сити»нинг уч нафар ярим ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этади 0

15 iyu 13:41
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Israel Adesanya: barcha zarbalardan qochib, raqibining oyog'ini sindirdi va UFC kamarini himoya qildi. G'alabasini esa marhum sherigiga bag'ishladi

Teglar :  Israel Adesanya
Barchasi UFC chempioni haqida.

U bunga loyiq

Israel Adesanya faoliyatidagi birinchi mag'lubiyatidan so'ng qaytdi: yarimo'rta vazn toifasidagi omadsiz safarini o'rtacha ustunlikda yopgan edi. Unga qarshi revansh olishga ishonchi komil bo'lgan Mervin Vettori to'g'ri keldi. 

Oldingidek, 84 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasi bo'yicha divizionda Israelga hech kim qarshilik qila olmaydi: Israel aqilli va harakatlari aniq hamda tez. U Vettorini mag'lub qildi va g'alabasini ko'chada hujumga uchrab vafot etgan sparring sherigi Fau Veykka bag'ishladi. 

Adesanya jangni jonlantirdi: o'rnidan turdi va tik holda kurash olib bordi. Faqat bir savol - Vettori oxirigacha qay tarzda bardosh berdi? 

Israel  va Vettorining birinchi jangi 2018 yilda, Adesanya UFC'ga endi kirib kelgan vaqtda bo'lgan. Hammasi hakam qarori bilan Israelning foydasiga hal bo'lgan, lekin Marvin ham g'alabaga yaqin edi. Italiyalik o'rtadagi masofani kamaytirdi, vaziyatni o'z nazoratiga olishni uddaladi. 

UFC 263'da ham Vettori mana shularni ko'rsatishi kerak edi.

 

Vettori: “Men birinchi jangimizni bir necha marta ko'rdim va hanuzgacha o'zimni g'olib deb bilaman. Tajavuzkorlik bilan unga bosim o'tkazardim. O'sha vaqtda hakam xato qilgan deb hisoblayman, shuningdek endi men avvalgi to'qnashuvimizdagi harakatlarni takrorlash orqali o'zimga motivaciya beraman. Adesanya bilan jangda hozir o'rta vazn toifasida kim eng zo'r ekanligini ko'rsatib qo'yishni istayman”, - deb takidlagan. 

Marvin uchun yagona muammo uch yil ichida nafaqat u, balki boshqalar ham rivojlangani edi. Yan Blaxovichdan va yarimog'ir vazn toifasidagi janglardan keyin Israel Adesanya uchun diviziondagi qolgan raqiblar jismonan kuchsiz. SHuning uchun Vettori uning oyog'idan ushlab yiqitganda, Israel qafasga suyanib hotirjamlik bilan o'rnidan turdi. 

Bu raqib uchun birinchi zarba bo'ldi: u kuchsiz deb bilgan chempionni nazorat qila olmadi. Ikkinchisi ham darhol paydo bo'ldi. Adesanya hatto Marvinning oyog'ini old qismiga ham urmadi, shunchaki uni qo'rqitdi. Israelning texnikasi va tezligi boshqa darajada bo'lgani sababli, Vettori ko'plab zarbalarni o'tkazib yubordi. 

Uchinchisi - Marvinning murabbiylar shtabi jangni qanday boshqarishni uddasidan chiqa olmadi. Ular aniq hujum haqida hech narsa deyishmas, faqat uni hissiy jihatdan kuchli bo'lishga undar edi. 


Marvinning aniqlik ko'rsatkichi juda dahshatli edi: 32%

Israel Adesanya birinchi jangga qaraganda revanshda ancha yaxshi harakat qildi:

Adesanyaning 43 zarbasidan 41 tasi aniq bo'ldi. Marvin oyog'ining old tarafi ko'rinishidan qo'rqinchli edi.

Israel doimiy harakatda bo'ldi va qafasga yaqin holda turdi. Bunga sabab: Israel Adesanya oyog'iga beriladigan zarbalardan himoyalanishni yaxshi uddalay olmaganligi uchun qafasdan foydalanishni o'rgandi. U yordamida chempion harakatlarni cheklab, o'zini tik holda ushlab turar edi. 

Qo'l bilan berilgan 122 ta zarbani Adesanya yo'qqa chiqardi va bu uni teykdaundan himoya qilishga yordam berdi. 5 raunddagi g'alabani hakamlar Israel foydasiga hal qildi: 50-45, 50-45, 50-45.

Adesanya vafot etgan do'stini xotirlab jang qildi. Endi Israel Uittakerdan revansh istayapti 

Israelning jangdagi asosiy maqsadi Yangi Zelandiyalik do'sti Fau Veykni xotirlash edi. 16 mayda Israel Adesanya bilan bo'lgan mashg'ulotdan keyin ko'chaga chiqqan 25 yoshli yigitga 4 ta odam tashlanadi va do'pposlashadi. Sportchi 9 kun davomida jonlantirish bo'limida yotadi, biroq 25 mayda vafot etadi. 


Adesyan oktagonga ko'tarilganda: 

“Fau Veyk, Fau Veyk, seni yaxshi ko'raman. Bu jangni senga bag'ishlayman. O'limingdan bir necha soat oldin UFC jangchisini sparringda mag'lub qilganingni eslashingni istayman”, - deb aytgan. 

Endi Adesanya qanday qaror chiqarishi hozircha UFC'da jumboq bo'lib turibdi. O'ylashimizcha, u Robert Uitakker bilan revansh istayapti. Ularning birinchi jangi Robertning vatani Avstraliyada bo'lgan bo'lsa, endi Israel Adesanya jangni Yangi Zelandiyada o'tkazishni xohlayapti. 

Robert bu haqida:

“Menda Israel Adesanyaga qarshi revanshdan boshqa yo'l yo'q. Bu jangni istayman va qabul qilishga majburman. Yangi Zelandiyadagi pandemiya holati ancha yaxshi tomonga o'zgaradi deb o'ylayman. SHunday qilib, sentyabrda u erda stadion muxlislar bilan to'ladi degan umiddaman”, - deb fikr bildirgan. 

UFC rahbari Dana Uayt keyingi davogar Uittaker bo'lishiga qarshi emas. Yaqin orada biz revansh eloni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. 

Sports.ru asosida Ozoda Qayumova tayyorladi



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing