25 mar 19:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Israel Adesanya CHimaevni tanqid qildi
UFC cobiq chempioni Israel Adesanya amaldagi chempion Xamzat CHimaevning kam jang qilayotganini tanqid qildi.
"O'rta vaznga qarang. Xamzat yuqoriga ko'tarilayotganda juda faol edi — hammani mag'lub etardi, hatto bir oyda ikki marta jang qilgan. Endi esa chempion bo'lgach… Nima bo'ldi, bilmayman. Bu viza muammosimi? Jarohatlarmi? Balki yo'q, chunki unga jang tayinlangan. Oxirgi faol chempion men edim — hamma narsani xavf ostiga qo'yib, eng kuchlilarga qarshi chiqqan jangchi. Odamlar shuni qadrlamadi. Men shunday o'ylayapman: "Bu o'yin mensiz sekinlashib qoldi", — dedi Adesanya ESPNga.

Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar