09 apr 11:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Israel Adesanya: “Men uzoq vaqt davomida bosimda edim, biroq bundan ajoyib tarzda o'tdim”
O'rta vazn toifasidagi UFC kamarini qaytarib olgan Israel Adesanya g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Meni hamma tinglashini istayman. Meni qanchalik xursandligimni his qildingiz deb o'ylayman. Men juda baxtliman. Lekin hamma ham buni his qila olmaydi. Men uzoq vaqt davomida bosimda edim, biroq bundan ajoyib tarzda o'tdim. Yaratganga shukrlar bo'lsin.
Bu g'alaba faoliyatimdagi eng muhimi edi. Eng muhimi bo'ldi. Aleks buyuk chempion. U shundayligicha qoladi. Uning tarixida men yomon insonman, biroq bugun meni kunim. Men jangni muddatdan avval yakunlashimni aytgandim.
Ovchi o'ljasini tutdi. Men jangga juda qattiq tayyorlandim, faqat jang haqida o'yladim. Ko'ringlar men uni qanday mag'lub etdim. 1-2 va u nokaut bo'ldi”,-dedi chempion.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar