28 fev 19:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Israel Adesanya UFC 300 turnirida jang qilishi mumkin edi
UFC sobiq chempioni Israel Adesanya UFC 300 turnirining asosiy to'qnashuvida jang qilish taklifi bo'lgani haqida gapirdi.
Lekin uning so'zlariga ko'ra, Drikus dyu Plessi tomoni bunga rad javobini bergan.
"Bazi narsalar bo'lishi kerak edi. Ular menga qo'ng'iroq qilib, UFC 300 turnirida jang qilishni taklif qilishgandi. Men ham "Ha" deb javo bergandim. Ammo ularning jamoasi (Drikus dyu Plessi nazarda tutilmoqda) buni istamadi.
Drikus yaqinda Striklend bilan jang qildi, shuning uchun unda jarohatlar bo'lishi mumkin. So'nggi jangimni men ham jarohat bilan o'tkazgandim, shuning uchun tanam tiklanib olishi uchun tanaffus oldim", - dedi Adesanya.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar