So’nggi yangiliklar

23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0 14:40Муросасиз кечаётган самбо бўйича жаҳон чемпионати беллашувларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0

24 dek 09:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Isroil Madrimov 2022 yildagi janglari, uylanishi va Soro bilan revansh haqida gapirdi

Teglar :  Isroil Madrimov
Xabaringiz bor, 17 dekabr kuni poytaxtimiz mezbonligida professional boks oqshomi o'tkazildi.

Olamsport.com sayti muxbiri kechada ringga ko'tarilib, superyarim o'rta vazn toifasida WBA jahon chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylangan Isroil Madrimov bilan kichik intervyu uyushtirdi.  

Madrimov  ko'plab muhokamalarga sabab bo'layotgan Soroga qarshi jangi va kelgusi rejalari haqida gapirdi.

"To'g'risi, qiyin jang bo'ldi. Raqibim juda ham tajribali edi. Og'ir jang bo'lishini avvaldan bilardik. Muhokamalarga sabab bo'layotgan vaziyatga kelsak, unda mening aybim yo'q. CHunki biz sportchilar faqatgina jang qilamiz. Tabiiy holki, kuchli shovqinda hech nima eshitilmaydi va bunday vaziyatda bokschi to'xtamaydi. Agarda o'sha vaziyatda hakamning to'xta degan ishorasi bo'lganida to'xtardim. Lekin, men hech qanday bong ovozini eshitmadim. Aytganingizdek, raqibning menejeri meni diskvalifikaciya qilinishim kerakligini aytdi. O'sha paytda juda qattiq hayojon va havotir bo'ldi. Bu jangga ancha tayyorgarlik ko'rgan edik. Lekin Allohga shukurki, g'alabamni tasdiqlab, bu hakamning aybi ekanligini tan olishdi. Bularning barchasini yaxshilikka deb bilaman. 

Revansh berishga hech qanday qarshiligim yo'q. Sababi har bitta jang men uchun tajriba. Va aynan Soroga qarshi revansh bo'lsa, yana ham tajriba bo'lardi. Bilasiz, raqibim ancha tajribaga ega. Bu jangdan ham juda katta tajriba oldim. SHuning uchun agarda revansh bo'lsa, hech qanday qarshiligim yo'q. Ko'pchilik bongdan keyin zarba berdi deb aytishi mumkin, lekin revansh bu gaplarga nuqta qo'yishi mumkin va men bunga tayyorman. 

2022 yilda 2 ta jang o'tkazishim mumkin. CHempionlik jangi yaqin bo'lganligi sababli vaqtning ko'p qismi tayyorgarlikka ketadi. Har bir jangdan keyingi tiklanish jarayonlari hisobiga 2 ta jang o'tkazsam kerak deb o'ylayman. 

Yangi yildagi rejalarim har taraflama juda ham katta. Insha Alloh shaxsiy hayotimda ham, sportchilik faoliyatimda ham katta yangiliklar bo'ladi. 

2022 yilda oila qurish rejamda bor. Keyingi yildagi rejalarimning asosiysi shu desam ham bo'ladi (kuladi). Munosib juftimni topsam, Xudo xohlasa to'yni boshlaymiz. Yaqinda bizni birinchi qaldirg'ochimiz Murodjon Ahmadalievning to'yini ham o'tkazib oldik, juda chiroyli va fayzli o'tdi. Nasib etsa, davomli bo'lib, to'y-to'yga ulanib ketsa juda ham xursand bo'lamiz", - dedi Isroil Madrimov.

Xurshida Abdikulova yozib oldi


Reyting: +4   

Fikrlar

   
25 dek 11:19:19
McFaden1988
Isroil shuncha trenerovka qilarkansan lekin xaliyam dixalken slabiyku jangni yarmida osilib qolyabsan kardio bo'yicha trenerovkani kuchaytirsa bo'ladiku , lekin oldingi Isroilni ko'rmayapmiz anchadan beri , borgan sari o'rtamiyona bokschi degan nomga yaqinlashib qovossan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing