17 dek 23:13
Yangiliklar
Isroil Madrimov: "Agar istashsa, revansh berishga tayyorman"
"Avvalambor, shunday g'alabani taqdim etgan Allohimga shukurlar bo'lsin. SHu darajaga etib kelishimga sababchi bo'lgan ota-onamga minnatdorchilik bildiraman. Muhtaram Prezidentimizga bizga shunday imkoniyat berayotganlari uchun rahmat.
SHuningdek, meni shu darajaga olib chiqayotgan barcha murabbiylarimga - aka-uka Dias, Kornilov, promouterimiz Andrey Ryabinskiy, ustozim To'lqin Qilichevga rahmat. Meni qo'llab turganlarning barchasidan minnatdorman.
G'alaba o'z nomi bilan g'alaba. Lekin men Soroga revansh berishga tayyorman. Jangni davom ettirishga ham tayyor edim. Xudo holasa, chempionlik kamarlarini yurtimizga olib kelishga harakat qilaman. Raqibimga ham tashakkur izhor qilaman. Qachon istashsa, revansh berishga tayyorman", - deya fikrini yakunladi Isroil.
Fikrlar