So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

31 mar 12:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Isroil Madrimov Czyuning bugungi mag'lubiyatiga izoh berdi

Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi muhtasham "T-Mobile Arena"da navbatdagi professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangi birinchi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda WBO yo'nalishi chempioni, avstraliyalik Tim Czyu (24-1, 17 KO) amerikalik davogar Sebastyan Fundora (21-1-1, 13 KO)ga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. Czyu faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Fundora esa 23-jangiga kelib, ilk bor chempionlik uchun ringga chiqdi va biryo'la ikkita kamarni qo'lga kiritdi. 

Birinchi o'rta vaznda WBA chempionlik kamari Isroil Madrimovga tegishli bo'lib turibdi. Hamyurtimiz saytimizga bergan intervyusida ehtimoliy raqiblarining bugungi jangi haqida gapirdi. 

"Czyu - Fundora jangini tomosha qildim. Haqiqatan ham, Sebastyan juda ham noqulay raqib. Bo'ydor bokschilar hamisha har qanday raqibga qiyinchilik tug'dirib kelgan. Tim Czyuga ham noqulaylik olib kelishini sezib, kutib turgandim. Amalda ham shunday bo'lib chiqdi. Fundora bilan o'z vaqtida sparring-mashg'ulot o'tkazganman. Uning ikki metrlik bo'yi hamda uzun qo'llari raqiblarini qiynab qo'yadi. Har qanday raqib bilan jang qilmasin, shu ikki omil, yani bo'y va qo'lining uzunligini unga yordam bergan. Bugungi Czyuga qarshi kechgan jangda ham shu narsa muhim rol o'ynadi", - dedi Madrimov. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing