17 fev 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov jang haftasidagi jismoniy holati qanday ekanini ko'rsatdi + FOTO
Prof boksning super yarimo'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov Instagram sahifasida yangi suratlar bilan bo'lishdi.
Hamyurtimiz ushbu suratlar orqali 22 fevral kuni o'tkazadigan jangi uchun tayyorgarligini namoyish etdi. SHanba oqshomida Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida bo'lib o'tadigan prof boks oqshomida Madrimovga super yarimo'rta vazn toifasida WBC Interim chempioni amerikalik Verjil Ortis raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar