25 sen 18:25
Yangiliklar

Isroil Madrimov: "Krouford juda aqlli bokschi. Bu Kanelo uchun qiyinchilik tug'dirdi"
"Bunday jang nafaqat men uchun, balki butun boks olamiga, butun dunyoga qiziq edi.
Men Krouford bilan jang qilganim uchun uning ustun tomonlari haqida avval ham ko'p gapirganman: agar Krouford ikkita vazn ko'taradigan bo'lsa, Kaneloni tezlik hisobiga yutishi mumkinligi, unda aql darajasi juda yuqori ekanligi haqida gapirgandim. Kanelo bunday bokschiga qarshi jang qilmagandi.
Krouford juda aqlli va bu Kanelo uchun qiyinchilik tug'dirganini barcha ko'rdi. Jang haqida ko'plab izohlar bildirildi, orada bizning jangimizni ham eslashdi. Bizga imkon berilgandi va shunday darajada jang qila oldik, buning uchun Alhamdulillah deymiz", - dedi Isroil Madrimov olamsport.com muhbiri Sarvinoz Raxmonqulova bilan suhbatda.
Fikrlar