30 apr 19:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovning sobiq raqibi Magomed Kurbanov ringga qaytyapti. Uning navbatdagi jangi sanasi va manzili elon qilindi
Professional boksning super yarim o'rta vazn toifasida faoliyat olib boruvchi rossiyalik charm-qo'lqop ustasi Magomed Kurbanovning (26-1-0) navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
WBA kamari uchun sobiq davogar bokschi 5 iyul kuni Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida o'z hamkorlik qiladigan RCC promouterlik kompaniyasi tashkil etadigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Hozircha raqib nomalum.
29 yashar Magomed Kurbanov faoliyatidagi yagona bo'lib turgan mag'lubiyatni 2024 yil mart oyida hamyurtimiz Isroil Madrimovdan qabul qilib olgan. Vakant WBA kamari uchun kechgan bahsda Madrimov Kurbanovni beshinchi raundda TKO orqali taslim etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar