21 apr 20:00
Yangiliklar
Isroil Madrimovning Soroga qarshi revansh jangi bo'yicha navbatdagi tafsilotlar malum bo'ldi
Jangni tashkil etish huquqiga egalik qilishning minimal narxi 110 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Mukofot jamg'armasi bokschilar o'rtasida teng bo'linadi.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi dastlabki jang 2021 yilning dekabrida bo'lib o'tgan va unda Madrimov 9-raunddan so'ng g'alaba qozongandi. Biroq ushbu jangdan keyin Soroning jamoasi o'z noroziligini bildirgandi.
Birinchi jang natijasi bekor qilinmaydi - Madrimov texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan. Ammo "Mir boksa" malumotiga ko'ra, WBA Soro tomonining davosini qanoatlantirgan va revanshga buyruq bergan.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Madrimov birinchi o'rta vazn toifasida birinchi, Soro esa ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar