So’nggi yangiliklar

12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0

11 noy 18:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Isroil Madrimovning vaznida birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkaziladi

Birinchi o'rta vazn toifasida WBO va WBA yo'nalishlari chempionlari Puerto-Rikoning San-Xuan shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida o'zaro to'qnash kelishadi.

Jang 31 yanvar sanasiga belgilandi. Unda birinchi o'rta vazn toifasida WBO chempioni, 22 yoshli Zander Zayas WBA kamari sohibi Abass Barau o'zaro birlashtiruvchi chempionlik jangida ringni ikkiga bo'lishadi. CHempionlik jangiga Zayasning ona shahri San-Xuan (Puerto-Riko) mezbonlik qiladi. 

Istedodli Zander Zayas shu yilning iyul oyida Xorxe Garsiya Peresni mag'lubiyatga uchratib, vakant qolgan WBO kamarini qo'lga kiritgandi. WBO tashkiloti amerikalik Sebastyan Fundora kamardan voz kechganidan keyin ushbu jangi belgiladi. Fundora aslida o'z kamarini majburiy davogar Zayasdan himoya qilishi kerak edi. Ammo u Tim Czyuga qarshi revansh jangi o'tkazishni ustun qo'yib, chempionlik kamarini vakant qoldirdi. 

"31 yanvar kuni yana bir orzumizni amalga oshiramiz. Bu safar o'z vatanimda jang qilaman. Ikki jahon chempionlik kamarlarini yurtdoshlarim ko'z o'ngida birlashtirmoqchiman. Biz birgalikda tarix yaratamiz. Ko'rishguncha!", - dedi Zayas faoliyatidagi ilk birlashtiruvchi jang haqida.

Germaniyalik 31 yoshli Abass Barau shu yilning avgust oyida WBA vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Keyin esa ikkinchi o'rta vazn toifasida yangi mutlaq jahon chempioni Terens Krouford bu kamardan rasman voz kechdi. Natijada Abass WBA birinchi o'rta vazn toifasining to'laqonli chempioniga aylandi.

"Zander - katta istedod egasi va men unga jangga rozi bo'lgani uchun munosib baho beraman. Bunday tavakkalchilikka hamma ham boravermaydi, ayniqsa, faoliyatining ushbu bosqichida. Uning ortida butun bir mamlakat turibdi va men buni hurmat qilaman. Bu qanday masuliyat ekanini bilaman", - dedi Barau.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing