27 sen 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimovning vaznidagi chempionlik jangi nokaut bilan yakunlandi + VIDEO
Birinchi o'rta vazn toifasida WBC kamari sohibi Jermell CHarlo WBA va IBF yo'nalishi chempioni Jeyson Rosarioga qarshi jang o'tkazdi.
Ushbu birlashtiruvchi jangda Rosario ikki marotaba nokdaun holatiga tushdi. Sakkizinchi raundga kelib, qorin qismiga berilgan zarbadan so'ng Rosario ringga quladi va jangni davom ettira olmadi.
SHu tariqa, CHarlo endi ushbu vazn toifasida WBC, WBA va IBF kamarlari sohibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, birinchi o'rta vaznda o'zbekistonlik Isroil Madrimov ham janglarini o'tkazadi. Ayni paytda u WBA kamari uchun davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar