So’nggi yangiliklar

15:16Бугун Синдаров Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 14:41Сербиядаги илк UFC турнири ташкилотнинг иккита рекордини янгилади 0 14:17Элдорбек Усмонов АҚШдаги турнирда биринчи бўлди 0 14:15Франциянинг олти карра чемпиони профессионал мақомидан маҳрум бўлиши мумкин 0 13:48Нурмагомедов: "Ҳаммасини Ислам Махачевнинг маслаҳати ҳал қилди" 0 13:17Ўзбекистон хоккейи йўқолиб кетиш хавфи остида: хоккейчилар ва ота-оналар Президентга мурожаат қилди 0 12:39Уильям Сепеда WBC чемпиони! Мураталла IBF камарини ҳимоя қилди 0 12:14Суперлига. Бугун иккита ўйин гувоҳи бўламиз. "Бунёдкор"да техник мағлубият 0 11:46Canadian Open. Учинчи ракеткамиз асосий тўрга йўл олди 0 11:11Разамбек Жамалов ва Ғуломжон Абдуллаев чемпион, яна икки эркин курашчимиз ҳам шоҳсупада (ФОТО) 0 10:42Тўрт нафар эркин курашчимиз жаҳон чемпионати шоҳсупасида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:13"Брентфорд" клуб тарихидаги рекорд харидни эълон қилди 0 09:44Арман Царукян иштирокидаги беллашув муддатидан аввал якунланди 0 09:09UFC Fight Night 283 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:38Гэтжи билан жангда юзи "таъмирталаб" бўлиб қолган Топурия ҳозирги ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0

10 mar 16:04
Yangiliklar

Boks/MMA

"Isroil va Trampdan minnatdorman" - Striklend UFC Freedom 250 kardida yo'qligi haqida

O'rta vaznda sobiq UFC chempioni amerikalik SHon Striklend Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC Freedom 250 turniri kardida yo'qligini Yaqin SHarqdagi vaziyatning keskinlashuvi bilan bog'ladi.

"Men shunchaki Isroil va Donald Trampga ertaga uyg'onganimizda katta qizil chiziqni ko'rganimiz uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Umid qilamanki, bazilaringiz Eronda ommaviy qirg'in qurollari bor ekan, nafaqaga chiqishga harakat qilmaydi... Yoki to'xtang, Iroqmi? Kim biladi.

SHuning uchun bo'lsa kerak, meni va terrorchini Oq uydagi kardga taklif qilishmayapti, ha-ha!", - deb yozdi Striklend X ijtimoiy tarmog'idagi akkauntida.

Obunachilarning izohlariga javoban u tadbirda "bir to'da xorijliklar" ishtirok etishini ham qo'shimcha qildi. "Mayli, bir to'da chet elliklar Oq uyda mushtlashsin. G'alati, ammo bu mamlakat uchun ramziy manoga ega", - dedi SHon.

UFC 14 iyun kuni bo'lib o'tadigan turnir kardini rasman elon qildi. Oqshomning asosiy jangi ispaniyalik chempion Iliya Topuriya hamda amerikalik davogar Jastin Getji o'rtasida bo'lib o'tadi. Co-main event jangida braziliyalik Aleks Pereyra va franciyalik Siril Gan o'zaro bahs olib boradi.

Avvalroq Striklend Donald Trampni qo'llab-quvvatlagani uchun karddan joy olishi kutilgandi. Biroq so'nggi oylarda SHon AQSH prezidenti mamuriyatini tanqid qilgan, shuningdek, Jeffri Epshteyn atrofidagi vaziyat tufayli Oq uydagi turnirga qiziqish yo'qligini aytgandi.

AQSH prezidenti avvalroq Eron yamanlik husiylarning har qanday hujumi uchun "dahshatli badal" borligini aytgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing