So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

26 fev 22:09
Yangiliklar

Sport kurashlari

Istanbul reyting turnirining uchinchi kuni erkin kurashchilarimiz uchun qanday o'tdi?

SHu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahri yilning dastlabki reyting turniriga mezbonlik qilmoqda.

Afsuski, ayni daqiqalarda davom etayotgan musobaqaning uchinchi kungi bahslari O'zbekiston ayollar va erkin kurash terma jamoasi uchun omadsiz keldi. Biroz avval medal uchun so'nggi umidimiz Jasmina Immaeva ham raqibasiga yutqazib qo'ydi. 50 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan O'zbekiston chempioni bronza medali uchun bahsda bolgariyalik Miglena Selishkaga 0-6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Bugun boshlangan erkin kurash musobaqasida esa uch nafar vakilimiz medallar uchun bahs olib bordi va afsuski ular ham medallar uchun kurash bosqichiga etib kela olishmadi. Ikki yillik tanaffusdan so'ng katta sportga qaytgan Hasanboy Rahimov 1/8 finalda germaniyalik Gennadiy CHudinovichga 1-8 hisobida yutqazib qo'ydi. 125 kg vazn toifasidagi kurashchimiz ilk davrada qozog'istonlik Alisher Ergalidan 8-4 hisobida ustun kelgandi. Ushbu vazndagi ikkinchi vakilimiz Sardor Xolmatov esa turkiyalik kurashchidan 6-7 hisobida engildi.   

Bugun shuningdek, 97 kg vazn toifasidagi erkin kurashchimiz Muhammadrasul Rahimov ham musobaqada o'z imkoniyatini sinab ko'rdi. Aamaldagi O'zbekiston chempioni bo'lgan Muhammadrasul bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida qozog'istonlik Mamed Ibragimovga 4-6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing