So’nggi yangiliklar

17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0

04 iyu 16:14
Yangiliklar

Bolalar sporti

Istedod. SHiddatinga havasim bor, SHoira!

Milliy sport turlari orasida belbog'li kurash ham borki, uning afzallik tomonlari mazkur sport turi bilan o'g'il bolalar va qizlar 5-6 yoshlaridan shug'ullanishni boshlashlari mumkin.

Bunday kichik yoshdan sportga oshno bolalar mashg'ulotlarga zo'r berishi natijasida istedodi va iqtidori shakllanib, ulg'aygani sari  musobaqalarda natijalari ijobiy tus olishi bor gap. Qarabsizki, ko'ksidagi medallar shodasi ham ko'payib boradi. Xalqaro sport maydonlarida Yurt shanini ulug'lashdek orzu-istaklar paydo bo'laveradi. 

“Bo'larman bola boshidan” deganlaridek, biz hikoya qilmoqchi bo'lgan SHoira Qalandarova ham hali jajjigina go'dak paytida mitti ko'ngliga sportga oshnolik paydo bo'ladi. 2001 yilda Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi Qalandardurman qishlog'ida tug'ilgan sahifamiz qahramoni hali maktab ostonasiga qadam qo'yib-qo'ymasdan sportga mehri o'yg'ondi. Bu mehr uni olti, etti yoshli paytidayoq qishlog'idagi umumiy o'rta talim maktabi qoshida tashkil etilgan belbog'li kurash to'garagi tomon etaklaydi. 

Dastlab otasi G'ayrat aka Olimov ko'magida mashg'ulotlarga qatnay boshlagan yosh SHoiraning tug'ma istedodni bir ko'rishda anglagan mahoratli murabbiy, bir necha bor O'zbekiston chempioni va sovrindori, birinchi ustozi Gulyor Rahmonova uni darrov o'z yoniga oladi. 

SHoira qishlog'idagi 6-sonli umumiy o'rta talim maktabining boshlang'ich sinfida o'qishiga qaramasdan darsdan bo'sh bo'ldi, degunicha sport zali tomon talpinardi. To'g'ri, u ham boshqa tengdosh dugonalari qatori maktabdan keliboq vaqtini qizaloqlar o'ynaydigan o'yinlar bilan ovora qilsa bo'lardi. Yo'q, unday bo'lmadi. 

Biz yuqorida takidlaganimizdek, bo'larmon bola ekanda, o'z oldiga qatiy maqsad qo'ydi. Irodasining sust bo'lishiga yo'l qo'ymadi. Sabr-matonatni mustahkamlashni, qatiyatli bo'lish sirlarini sport orqali topdi. Belbog'li kurash sirlarini mukammal o'rganishga kirishgan qizaloq sekin-asta kuchli sportchi qizlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'ldi. Endi u mitti orzulari ruyobini ko'rayotgan edi. To'g'rida, uning ham orzulari bir olam.

Istaklarni amalga oshayotganidan ayniqsa ota-onasining xurandchiligini cheki yo'q edi. CHunki, otasi ham bir paytlar kurashga oshnoligi, kurash bo'yicha bir qator sovrinlarga ega bo'lgani, lekin bugungiday sharoit va etiborning yo'qligi maqsadlarini sarobga aylantirgan edi.  

SHoiraning aytishicha, aslida uni sportga etaklagan vosita bu-belbog'li kurash bo'yicha jahon chempioni, butunjahon talabalar universiadasida belbog'li kurash bo'yicha uchinchi o'rin sohibasi, qishloqdoshi Zamira Ahmedova bo'larkan. Demoqchi bo'lganimiz u televezorda Zamira va boshqa o'zbek qizlarining xalqaro sport maydonlardagi bellashuvlarni kuzatib, ularning hatti-harakatlari, ajoyib tarzdagichiqishlarini ko'rib, kuzatib boradi va ulardek bo'lishga o'zicha, murg'ak qalbiga joylaydi. Qolaversa, ota-onasi G'ayrat aka va Muhabbat opalarning oilada sog'lom turmush tarziga qatiy amal qilishishlari, yani talim-tarbiya, sport orqali muvaffaqiyatlarga  erishish eng to'g'ri yo'l bo'lishini yaxshi anglashadi. 

SHoiraning belbog'li kurash bilan shug'ullanganiga bir yil ham to'lmasdan, avval tuman va shahar bellashuvlarida, keyin viloyat miqyosidagi birinchiliklarida ishtirok etib, kuchli uchlikka ko'tarilishi bardoshli ekanidan darak edi. 2015 yildan Yangibozor tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabidagi belbog'li kurash sekciyasida tanqili murabbiy, xalqaro toifadigi hakam Bekbergan Baltaev qo'l ostida mashg'ulotlarga zo'r bergan qaxramonimiz endi mamlakat miqyosidagi bellashuvlarda o'z istedodini nomoyon eta boshladi. 

Uning tezligi yuqoriligi, usullarga shiddat bilan bilan kirishi har safar shohsupa sari etaklab borardi. Sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha  talabchan va jonkuyar murabbiy B.Baltaev ustozligida mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan SHoira jismoniy tarbiya va sport  tufayli toblanishga ulgurgani bois murabbiylarning ko'rsatmasi oson tuyilar, belbog'li kurashdagi har qanday usulni tez va chiroyli harakatlar bilan uddalashga qodir edi. 

Sportchi qizdagi belbog'li kurashga bo'lgan kuchli qiziqishni sezgan ustoz Bekbergan aka uni katta sport sari etaklashga bel bog'ladi. Endi belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionat va kuboklarida o'zini ko'rsatishi, murabbiyi va ota-onasi ishonchini oqlashi, istedodini nomoyon etish qolgan edi. Buniyam uddalashga muvaffaq bo'lmoqda. 

Bilasizmi, haqiqatni tan olib aytishimiz kerak, o'g'limiz yoki qizimiz sport bilan shug'ullanib, birgina tuman miqyosidagi musobaqada ko'ksiga yarqiragan medal bilan uyga kirib kelsa, qaysi ota-ona quvonmaydi deysiz. SHu o'rinda uning yaqin uch, to'rt yil davomida belbog'li kurash bo'yicha qo'lga kiritgan  natijalariga etibor bering.

2015 yil Buxoro viloyatida yoshlar o'rtasida o'tgan O'zbekiston chempionatida ikkinchi o'rin. 2015 yil Xorazm viloyatida o'tkazilgan O'zbekiston kubogi bahslarida 57 kg. vazn toifasida uchinchi o'rin. 2016 yil Namangan viloyatida yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionatida 57 kg.da ikkinchi o'rin. 2017 yil Samarqandda bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida 63 kg.da ikkinchi o'rin. 2017 yil Jizzax shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida 63 kg.da ikkinchi o'rin. 2018 yil Olmaliq shahrida kattalar o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida 63 kg.da birinchi o'rin. 2018 yil Andijon shahrida tashkil etilgan O'zbekiston kubogi bellashuvlarida ikkinchi o'rin. 2018 yil Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazilgan Gran-Pri turnirda 63 kg.da birinchi o'rin.   

Ketma-ket natijalar ijobiy bo'lgani sabab, 2016 yilda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi tomonidan milliy terma jamoa azoligiga qabul qilindi. Darvoqe, SHoiraning o'qishlari ham alo darajada. Hozirda Yangibozor Pedagogika va sport kollejning uchinchi bosqich o'quvchisi bo'lgan polvon qizimiz jismoniy tarbiya va sportda erishayotgan yutuqlari, tirishqoqligi, serharakatliligi, ustozlari tomonidan berilgan vazifalarni to'liq bajarishi orqali tengdoshlaridan ajralib turishini kollejdagi o'qituvchilar doim faxr bilan tilga oladi. Oilada kenja farzand bo'lgan SHoiraning bo'sh paytida badiiy kitoblar o'qishi, onasiga ko'makchi bo'lib, uy ishlarini saranjom-sharita qilib, tikish-bichishni  qoyillatishi ham bor gap. 

Belbog'li kurashning murakkab usullarini zo'r ishtiyoq bilan o'rganishni davom etayotgan SHoira Qalandarovaning orzulari bir olam. Osiyo va jahon chempionatlarida belbog'li kurash bo'yicha dunyoni lol qoldirgan  opalari singari bo'lib, faqat birinchi o'rinni egallash va YURT bayrog'ini jahon sport ayvonlari uzra baland hilpirashini, madhiyamiz sadolarini zamin bo'ylab yangrashini eshitish bosh maqsadi hisoblanadi. SHuningdek, unig yana bir orzusi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi bo'lib, kelajakda vatan himoyachisidek sharafli kasb egasi bo'lishdan iborat.  

Ana, u yana mamlakat chempion va sovrindorlari bo'lgan Ullijon Davletova, Munisa Rahimova, Begoyim Rahimboeva, Mohinur Rahmonova, Karomat Davlatova singgari yangibozorlik dugonalari bilan belbog'li kurash mashg'ulotlari tomon oshiqishmoqda. Bugun ustozi Bekbergan aka belbog'li kurashdagi eng nozik va mukammal usullarni ularga oshkor qilmoqchi. 

Agar ushbu dugonalar belbog'li kurashning navbatdagi sir-asrorlarini ham o'rganib olsa, erta bir kun kelib xalqaro arenalarda  raqiblariga qarshi qo'llaydi va g'oliblar qatoridan joy olganda ota-onasidan, jonajon yurtidan mamnun ekanligini yashirmay, qo'lini ko'ksiga, yuragining ustiga qo'yib, madhiyamizni baland ovozda ko'yladi. Boshqachasiga bo'lishi mumkin ham emas. To'g'rimi, aziz muxlis.     


Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing