So’nggi yangiliklar

22:35U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон финалда 9 киши бўлиб қолди ва якунда чемпионликни қўлга киритди 0 22:32Лазизбек Мулложонов WBC Гран-присини техник нокаутли ғалаба билан бошлади 0 18:20Руслан Абдуллаев филиппинлик тажрибали рақибига қарши жангидан қанча гонорар олгани маълум бўлди 0 17:57"Байер" Алонсонинг "Реал"ни бошқаришни истаётганини билади ва мураббийга тўсқинлик қилмайди 0 17:35Промоутер: "Барчамиз биламиз, у Виржил Ортис билан жанг қилишни хоҳламайди" 0 17:08Осиё чемпионатида муваффақиятли қатнашган курашчиларимиз муносиб тақдирланишди 0 16:43Сирочбек Исмоилов ягона мағлубиятини Шакур Стивенсондан қабул қилиб олган япон боксчисини таслим этди! Уч нафар боксчимиз Кореядаги проф бокс оқшомида жанг қилди 0 16:17"Манчестер Юнайтед" деярли 60 млн евро турадиган футболчига қизиқиш билдирмоқда 0 15:52Хильберто Рамирес кейинги жангини июнь ойида ўтказади, рақиб аниқ 0 15:29Ўзбекистон хоккей терма жамоасининг тарихий Жаҳон чемпионатидаги сўнгги ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:55Мадримовнинг вазнидаги қозоғистонлик боксчи проф фаолиятида илк бор ғалаба қозона олмади 0 14:30"Манчестер Сити" 70 млн евродан ортиқ маблағга португалиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:05Кичик ўсмир боксчиларимиз Осиё чемпионатини иккита ғалаба билан бошлашди. Бугун яна беш нафар вакилимиз рингга чиқади 0 13:42Ўзбекистон чемпион бўлган Жаҳон чемпионатининг IV дивизионида якуний турнир жадвали қай ҳолатда? 0 13:15WBC Гран-приси. Бугун Лазизбек Мулложоновга мухлислик қиламиз 0

13 jan 16:56
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

Istiqbolli sport maskani

Teglar :  Toshkent viloyati
Sir emas, mamlakatimizda sportning o'yin turlariga qiziqish ancha yuqori.

Boisi, yoshligida changitib to'p tepmagan yoki qosh qorayguncha voleybol maydonchasida o'ynab, uydagi yumushlarini ham unutmagan yurtdoshimiz bo'lmasa kerak. Biroq futbol, voleybol, basketbol, qo'l to'pi, chim ustida xokkey turlari qanchalik sevimli bo'lmasin, bu turlaridan yuqori natijalarga erishish oson emas. 

Albatta, buning uchun eng avvalo, stadion va sport maydonlarining etarli emasligi, mashg'ulot va musobaqalarda qatnashishning nomuntazamligi jiddiy muammo bo'lib, sport maktablaridagi moddiy-texnika bazasi va malakali murabbiylar masalasiga ko'p narsa bog'liq.

Toshkent viloyati sportning o'yin turlari va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport  maktabi 2016 yilda tashkil topgan bo'lsa-da, muassasa joylashgan bino va majmualar 1961 yilda qurilgani uning moddiy-texnik holati, sharoitlari sobiq Ittifoq davridan “meros” ekanini, ahvoli maqtanarli emasligini anglatib turardi.

Darhaqiqat, bino ancha eskirib ketgan, mashg'ulot o'tkazishga ham deyarli sharoit yo'q edi. Muassasaga Davron Xalikov rahbar bo'lib kelgach, dastavval, mashg'ulot va musobaqalar uchun murabbiylar va sportchilarga zarur sharoitlar yaratishga etibor qaratildi. Olib borilgan qurilish va tamirlash ishlari sabab muassasa Yuqori CHirchiq tumaniniing eng gavjum hamda fayzli maskaniga aylandi.

Sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan muassasada tribunaning tomidan tortib, o'rindiqlarigacha, yo'laklardan tortib, yoritish chiroqlarigacha tamirlandi. Sport maktabiga yangi jihozlar olib kelindi. Rahbarning say-harakatlari bilan tajribali va shijoatli murabbiylar jamoasi shakllantirildi, fidoyi va talabchan mutaxassislarga etibor oshdi. 

Natijalar ham shunga yarasha yaxshilana bordi. Bugun bu erda 60 nafar murabbiy (shundan 44 nafari oliy malumotli) futbol, voleybol, gandbol, basketbol, stol tennisi, regbi, chim ustida xokkey, triatlon, tennis, engil atletika, para voleybol, para engil atletika, para shaxmat sport turlaridan terma jamoalarimizga munosib o'rinbosarlar tayyorlashga o'z hissalarini qo'shayotir.

1086 nafar sportchining 365 nafari xotin-qizlar. 2022 yilda bu maktabda 12 ta sport turidan mashg'ulotlar olib borilar, 935 nafar yigit-qiz shug'ullanuvchilar safida edi. SHundan O'zbekiston chempionati va kubogi bahslarida jami 170 ta medal qo'lga kiritildi. 

2023 yilda sport turlari soni 14 taga, 2024 yilda esa 15 taga etkazildi. Tabiiyki, son bilan birga sifatda ham o'sish kuzatildi. 2023 yilda mamlakat chempionati va kubogi bahslarida 226 ta, o'tgan yili esa 273 ta medal qo'lga kiritilgani etiborli. So'nggi bir yilda sport maktabidan 43 nafar xalqaro musobaqalar g'olibi etishib chiqqani bu erda ishlar to'g'ri o'zanga tusha boshlaganidan dalolat.

Ayni paytda muassasada tahsil olgan o'quvchilar mamlakat terma jamoalari safida o'z o'rinlarini mustahkamlab borishmoqqda. Jumladan, chim ustida xokkey bo'yicha terma jamoaning 25 nafar asosiy tarkib azosi hamda 12 nafar zaxira sportchisi Toshkent viloyati yoshlarini tashkil etadi. Engil etlaetikadan 7 nafar asosiy vayana shuncha zaxira vakili turli termalarimiz safida bugun xalqaro musobaqalarda qatnashmoqda.

Sport maktabi rahbariyatining say-harakatlari evaziga yosh atletlarning xalqaro miqyosida o'quv-mashg'ulot yig'inlari ham tashkil qilinayotir. Jumladan, o'tgan yili stol tennisi ustalari Xitoy davlatida o'tgan xalqaro o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etishdi. 

Kichik tennis ustalari Arujan Kamalova, Alixon Kamalov, Asel Erkebaeva, Temur Nurmonov, Lochinbek Abduxalilov Qatarda o'tgan yoshlar o'rtasidagi qita birinchiligida yaxshi qatnashdi. Temur Nurmonov va Alixon Kamalov Jazoirda o'tgan  xalqaro turnida sovrindor bo'lishgan edi. SHuningdek, Alixon Kamalov Tunis davlatida tashkil etilgan WTT YOUTH CONTENDER xalqaro turnirining ham sovrindori sanaladi.

CHim ustida xokkey turidan Zulxumor Haydarova Nargiza To'raboeva, engil atetikachi Valeriya Gorbatova, voleybolchilar Nigina Abdukarimova, Durdona G'oipova, shaxmat ustasi Mushtariy Hasanova terma jamoalarimiz safida Vatan sharafiini ulug'lash bilan birga xotin-qizlar o'rtasida sportning ommalashuviga ham katta ulush qo'shishmoqda. 

Donolarimiz “Obod uyda pok odamlar yashaydi”, deb bejiz aytishmagan. Sport maktabi jamoasi hududni obodonlashtirish, yurtimizda davom etayotgan “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etish bo'yicha ham boshqa tashkilotlarga namuna bo'lishmoqda. Xususan, yaqinda bu erda 200 tupga yaqin mevali va manzarali ko'chat qadaldi. 

Muassasa elektron kutubxonasining sportchi va murabbiylar uchun foydali bo'lgan sport hamda tibbiyotga oid eng zamonaviy adabiyotlar bilan boyitilgani esa mashg'ulotlarni chuqur nazariy asoslar va metodlarga ko'ra olib borilishiga hissa qo'shayotir.

Eng asosiysi, Toshkent viloyati sportning o'yin turlari, engil atletika va paralimpiyaning bir necha yo'nalishlarida iqtidorli sportchilar, terma jamoalarning o'zagini tashkil etadigan mahoratli chempionlar etishtirib beradigan namunali va istiqbolli hududga aylanmoqda... 

Darvoqe, sport maktabi jamoasi joriy yilda natijalar, yutuqlar salmog'ini o'tgan yilgiga nisbatan yanada oshirishga bel bog'lashgan. Boshlangan 2025 yilda qo'shimcha sport zal, moslashtirilgan yotoqxona va chim ustida xokkey maydonlari qurilishi rejalashtirilayotgani ushbu maskanda o'g'il-qizlarni sportga jalb etish orqali sportda iqtidorli yoshlar soni yanada ortishiga zamin bo'lishi ayni haqiqat. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing