06 dek 14:45
Yangiliklar
Boshqalar
Toshkent Asia Auto Gymkhana Championship 2025 finaliga tayyorgarlik ko'rmoqda
12-14 dekabr kunlari poytaxtimiz Osiyodagi eng yirik jimxana chempionati - Asia Auto Gymkhana Championship 2025 musobaqasining final bosqichiga mezbonlik qiladi.
Bu erda mintaqaning eng kuchli pilotlari mavsumning yakuniy natijalari uchun kurash olib boradilar.
2025 yil davomida chempionat quyidagi to'rt davlatda o'tkazildi:
1-bosqich — Qirg'iz Respublikasi
2-bosqich — SHri-Lanka
3-bosqich — Hindiston
4-bosqich — Xitoy Taypeyi
Ushbu nufuzli chempionatning final bosqichi ilk marotaba O'zbekistonda tashkil etilmoqda.

Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar