06 dek 21:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Yana bir g'alaba: Fazliddin Erkinboev ilk bosqichda Qirg'iz Respublikasi bokschisidan ustun keldi
Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo'yicha IBA Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fazliddin Erkinboev ilk jangini Qirg'iz Respublikasi vakili Sirgak Abdijapar uuluga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq davom etdi va unda Fazliddin 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Endi Erkinboev navbatdagi jangini Armaniston vakili Vaxtang Arutyunyangga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar