06 dek 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabibning jamoasidagi engilmas jangchi PFLda debyut qiladi
Bu haqda promoushen matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Amru Magomedov PFL promoushenida debyut qiladi. Unga AQSH vakili Kolton Englund raqiblik qiladi. Jangchilar 2026 yilning 7 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib o'tadigan turnirda o'zaro kuch sinashadi.
Malumot uchun, Magomedov aralash yakkakurashlarda 8 ta jang o'tkazgan va ularning barida g'alaba qozongan. Amru ikki marta nokaut bilan yutgan. U Xabib Nurmagomedov jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Uning raqibi MMA’da 19 ta jang o'tkazib, 15 g'alaba (6 tasi nokaut) va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar