06 dek 18:24
Yangiliklar
Boks/MMA
JCH-2025: Abdumalik Xalokov ishtirokidagi jang o'tkazilmaydigan bo'ldi
Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Abdumalik Xalokov avtomatik ravishda keyingi bosqichga chiqdi.
"Bugungi -60 kg vaznda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Abdumalik Xalokov va ekvadorlik Kevin Moskuera ishtirokidagi bahs, Kevinning vazn meyorlarini bajara olmaganligi uchun o'tkazilmaydigan bo'ldi va g'alaba Abdumalikga topshirildi", - deyiladi xabarda.
Endi Abdumalik Xalokov keyingi bosqichda Ispaniya yoki Esvatini bokschilaridan biriga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar