So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

02 fev 19:35
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Istominsiz O'zbekiston Nadalni enggan, Australian Open'da yarim finalgacha etib borgan tennischilarga ega AQSHga qarshi. Sensaciya kutish mumkinmi?

Ertaga O'zbekiston terma jamoasi amerikalik raqiblariga qarshi kortga chiqadi.

Ertaga tennis bo'yicha terma jamoalar o'rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblanuvchi Devis Kubogining jahon saralash bosqichi doirasida O'zbekiston terma jamoasi dunyoda o'z o'rniga, etuk tennischilarga ega AQSH terma jamoasiga qarshi o'yinlarni boshlaydi.

Anchagina qiyin o'tishi kutilayotgan bahslarda, shubhasiz amerikaliklar favorit sanalmoqda. Ular safida tajribali, jahon reytingida muntazam ravishda kuchli elliktalikdan tushmay keladigan tennischilar mavjud.

Bizning termada esa qisqa qilib aytganda, avlodlar almashinuvi haligacha davom etayotgandek. Bugun bo'lib o'tgan matbuot anjumanida sobiq birinchi raketkamiz Denis Istominning o'yinlarda ishtirok etmasligi, u jamoani kortga sardor sifatida boshlab chiqishi aytildi. Endilikda, O'zbekiston tennis terma jamoasining etakchisi deb bemalol Sergey Fominni ayta olamiz. U o'tgan yilni ham yuqori notada o'tkaza oldi, terma jamoa bahslarida Turkiya bilan omadi chopmagan bo'lsa-da, Yaponiyaga qarshi o'yinlarda u o'zini chinakamiga etakchidek tutgan edi. Xo'sh, ertangi o'yinlarda terma jamoamizdan sensaciya kutishimizga asos bormi?



O'zbekiston terma jamoasining Devis Kubogi-2022 doirasida o'tkazgan o'yinlari haqida

O'zbekiston tennis terma jamoasi o'tgan yili birinchi jahon guruhi pley-off bosqichi doirasida Turkiyaga qarshi bahs olib borgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Ha, mezbonligimizda o'tgan ikki kungi bahslarda Turkiyaga imkoniyatni boy bergan edik. Ammo, Belarusning musobaqadan chetlatishili oqibatida, hamyurtlarimiz musobaqadagi ishtirokini davom ettiradigan bo'ldi va birinchi jahon guruhiga yo'l oldi. Guruhdagi ilk raundda yigitlarimizga Yaponiya terma jamoasi raqiblik qildi. Poytaxtimizda o'tgan bahslarda Sergey Fominning ajoyib harakatlari evaziga 3:1 hisobida g'alaba qozondik. Ana endi, tennischilarimiz AQSHlik hamkasblariga qarshi kortga chiqishadi. Mazkur bahsda g'alaba qozongan terma jamoa musobaqaning bu yilgi final bosqichiga yo'l oladi. Qayd etish joiz, saralashda g'olib chiqqan 16 jamoani final bosqichida o'tgan yilgi chempion, ikkinchi o'rin va 16 ta jamoa ichida wildcard'ga ega chiqqan ikkita terma jamoa kutib turibdi. Devis Kubogining final bosqichi 11 sentyabr kuni o'tkaziladi.


O'zbekiston terma jamoasining Devis Kubogi doirasida AQSHga qarshi o'yinlari tarixi

Devis Kubogi 1900 yildan buyon o'tkazib kelinadi, mazkur kubokka Xalqaro tennis federaciyasi sezdi tomonidan 2019 yilda "Tennis finallari jahon kubogi" nomi berilgan edi. Devis Kubogida O'zbekiston terma jamoasi 1994 yildan buyon muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda. Vakillarimiz ertaga amerikaliklarga qarshi jahon guruhiga o'tish saralashida kortga chiqadi. Tariximizga nazar tashlasak, biz bu bosqichga jami to'qqiz marta etib kela olganmiz, ammo guruhga chiqish hali nasib etganicha yo'q. Deyarli har safar guruh bosqichiga "bir qadam" qolganida vakillarimiz pley-offda yurishlarini to'xtatishar edi. Bu safar hamyurtlarimizga mazkur kubokning 32 karra g'olib jamoasi — AQSH raqiblik qiladi. Amerikalik tennischilar bilan hamyurtlarimiz shu kungacha mazkur musobaqa doirasida ikki bor to'qnash kelishgan va ikkala bahsda ham mag'lub bo'lishgan. 2015 yilda O'zbekistonda o'tkazilgan ilk bahsda 1:3, 2021 yilda AQSHda bo'lib o'tgan ikkinchi bahsda esa 0:4 hisobida hamyurtlarimiz mag'lub bo'lishgan edi. Uchinchi bahsga ham raqiblarimiz o'zining optimal tarkibi bilan etib keldi. Terma jamoaning birinchi raqamli raketkasi Tommi Pol Avstraliya Ochiq chempionatida yarim finalgacha etib borib, musobaqa g'olibi Novak Jokovichga imkoniyatni boy bergan edi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan amerikalik ikkinchi raqamli tennischi Makkenzi Makdonald esa musobaqaning ikkinchi saralangan tennischisi, dunyoning sobiq birinchi raqamli raketkasi Rafael Nadalni musobaqadan chiqarib yubordi. SHuningdek, Amerika safida juftlik bahslari qirollari — Ram Rajev, Ostin Kraychek hamda Denis Kudla mavjud.

O'zbekiston terma jamoasi esa bu bahsni mamlakatning sobiq birinchi raketkasi Denis Istominsiz o'tkazadi. Istomin jamoani ilk bor sardor sifatida boshlab chiqadi.

Bugun o'yinlar oldidan qura tashlash marosimi o'tkazildi:

3 fevral kuni bo'lib o'tadigan o'yinlar:

Sergey Fomin (O'zbekiston) — Makkenzi Makdonald (AQSH);
Humoyun Sultonov (O'zbekiston) — Tommi Pol (AQSH).

4 fevral kuni o'tkaziladigan o'yinlar:

Sanjar Fayziev/Sergey Fomin — Ostin Kraychek/Ram Rajiv;
Sergey Fomin (O'zbekiston) — Tommi Pol(AQSH);
Humoyun Sultonov — Makkenzi Makdonald (AQSH).



O'yinlar 3-4 fevral kunlari poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zahiralari kollejida o'tkaziladi.

3 fevral kungi o'yinlar 13:00 da, 4 fevral kuni o'tkaziladigan o'yinlar esa 12:00 da boshlanadi. Uchrashuvlar Sport telekanalida translyaciya qilinadi.



Komil Jumaev malumotlari asosida Diyor Mavlonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing