27 avg 16:14
Yangiliklar
Italiya Infantinoni qo'llab-quvvatlashni qaytarib oldi
Matbuot bayonotida federaciya prezidenti Jovanni Malago UEFA va uning prezidenti Aleksander CHeferin poziciyasiga sodiqligini takidlab, italiyaliklar FIFAning jahon chempionatini boshqarish huquqlarini qisman sotish haqidagi g'oyalaridan xavotirda ekanini bildirdi:
"Biz sport principi, birdamlik, barqaror rivojlanish hamda muxlislarning markaziy o'rniga asoslangan futbol g'oyasini ilgari surish uchun UEFA va boshqa Evropa federaciyalari bilan birgalikda ishlashda davom etamiz.
Biz muloqot, ochiq muhokama, barcha tomonlarning fikriga etibor qaratish va umumiy masuliyat modeliga sodiq qolamiz. Aynan shu model shu paytgacha futbolning asosiy tamoyillarini himoya qilgan holda rivojlanishi va innovaciyalarni joriy etishiga imkon berdi", – dedi Malago.

Fikrlar