So’nggi yangiliklar

11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0

20 may 17:36
Yangiliklar

Dzyudo

Ixtisoslashtirilgan dzyudo zallarining faoliyati takomillashtiriladi

Teglar :  DzyudoO'zbekiston
O'zbekiston dzyudo federaciyasida ixtisoslashtirilgan dzyudo zallarining faoliyati yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasida viloyatlarda foydalanishga topshirilgan ixtisoslashtirilgan dzyudo zallarining bugungi faoliyatini monitoring qilish, ish faoliyatini yanada takomillashtirish, u erga imkon qadar ko'proq bolalarni qamrab olish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. 

ZOOM platformasida o'tgan yig'ilishga O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov boshchilik qildi. Unda Federaciyaning viloyatlardagi bo'limlari rahbarlari, ixtisoslashtirilgan dzyudo zallariga masullar ishtirok etishdi. 

Xabaringiz bor, O'zbekiston dzyudo federaciyasi Xalq talimi vazirligi hamda qator hamkor tashkilotchilar bilan birgalikda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda ixtisoslashtirilgan dzyudo zallari qurib, foydalanishga topshirmoqda. Bu zallarning aksariyatida bugungi kunda bolajonlar dzyudo sir-asrorlarini o'rganishyapti. Yil so'nggiga qadar qolgan dzyudo zallarining ham yoshlar ixtiyoriga topshirilishi rejalashtirilgan. 

Yig'ilishda so'z olgan Zafar Qahramonov ixtisoslashtirilgan dzyudo zallarida shug'ullanayotgan yoshlar sonini maksimal darajada ko'paytirish, ularning ushbu sport turiga qiziqishini oshirish maqsadida dzyudo yulduzlari ishtirokida mahorat saboqlarini tashkil etish, ko'proq ichki musobaqalarni o'tkazish, mashg'ulotlarga malakali murabbiylarni jalb qilish kerakligini urg'uladi.

"Bu dzyudo zallari xo'jako'rsinga qurilayotgani yo'q. Katta mablag' sarflanyapti. Davlatimiz tomonidan shuncha etibor qilinmoqda. Endi bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimish shart. Ixtisoslashtirilgan dzyudo zallarida ayol murabbiylarimiz ham ishlashi lozim. Har oy zallarning faoliyatini monitoring qilib boramiz", - dedi Z.Qahramonov. 

Yig'ilish so'nggida o'z imkoniyatidan past darajada ishlayotgan dzyudo zallari masullariga tegishli ko'rsatmalar berildi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing