20 iyu 17:52
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ixtiyor Navro'zov – Polsha turniri sovrindori!
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Rio-2016 Olimpiadasi yo'llanmasi sohibi Ixtiyor Navro'zov Polshada o'tkazilgan xalqaro turnir sovrindori bo'ldi.
Bu haqida O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 65 kg vaznda jahon chempionati sovrindori bo'lgan Navro'zov 70 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etdi.
U finalgacha mag'lubiyatsiz etib
borib, yakunda kumush medal sovrindoriga aylandi. Oltin medal uchun kechgan bahsda
hamyurtimiz polshalik Magomed-Murad Gadjievga imkoniyatni boy berdi. Xalqaro
xotira turnirining bronza medallari qozog'istonlik Azamat Omurjanov va
amerikalik Jeyms Gringa nasib etdi.
Havola :
Fikrlar