30 avg 08:51
Yangiliklar
Taekvondo
Jahon chempionati. Bugun 5 nafar taekvondochimiz medallar uchun bahslarga kirishadi
Bugun Bosniya va Gercegovinaning Saraevo shahri mezbonlik qilayotgan kadetlar o'rtasidagi oltinchi Jahon chempionatining uchinchi kunidan o'rin olgan bellashuvlar o'tkaziladi.
Unda O'zbekiston terma jamoasining besh nafar vakili — Omadbek Otabekov, Asadbek Samandarov, Rushana Ravshanova, Farangiz Mahkamboeva hamda Zilola Mamirova g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Sportchilarimiz ilk davradagi raqiblari:
O'g'il bolalar:
-172 sm, 1/16 final. Omadbek Otabekov - Jiyu Jeon (Koreya Respublikasi)
-168 sm, 1/16 final. Asadbek Samandarov - Abalpaz Mamedovi (Gruziya)/Saad Nas Absulayti (Qatar)
Qizlar:
-168 sm, 1/16 final. Rushana Ravshanova - Fernanda Rodriges (Meksika)
-164 sm, 1/16 final. Farangiz Mahkamboeva - Yana An (AQSH)
-172 sm, 1/16 final. Zilola Mamirova - Sar Femer Peterson (Norvegiya).
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar