So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

08 avg 07:42
Yangiliklar

Taekvondo

Jahon chempionati. Bugun qaysi taekvondochilarimiz jang qilishadi?

Kecha, 7 avgust kuni Toshkentda taekvondochi kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionati start olganidan xabaringiz bor.

Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkib bilan (20 nafar sportchi) ishtirok etmoqda. Dastlabki kungi musobaqalarda o'zbekistonlik 5 nafar taekvondochi dayanga chiqdi. To'rt nafar hamyurtimiz nimchorak finalda mag'lub bo'lgan bo'lsa, Mubina Mamurjonova chorak finalda imkoniyatni boy berdi.   

Jahon chempionatining ikkinchi kunida O'zbekiston sharafini quyidagi 5️ nafar taekvondochi himoya qiladi. 

-3️3 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini Muhammadamin Aliev himoya qiladi. Quraga ko'ra sportchimizning 1/16 finaldagi raqibi britaniyalik Ouen Blant bo'ladi. Ushbu jang g'olibi nimchorak finalda Xulio Migel Sapata (Filippin) - SHoxruz Norov (Tojikiston) juftligi g'olibiga qarshi jang qiladi.  

-3️7 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini Abror O'lmasov himoya qiladi. Hamyurtimiz Jahon chempionatini 1/32 finalda qirg'izistonlik Yaroslav Romanovga qarshi bahs bilan boshlaydigan bo'ldi. Ushbu bahs g'olibi 1/16 finalda qozog'istonlik Tamirlan Tleules bilan to'qnash keladi. 

-5️3 kg vaznda taekvondochimiz Samandar Hamdamov musobaqani nimchorak finalda bolgariyalik Denis Dimitrovga qarshi jang bilan boshlaydigan bo'ldi. 

-4️1 kg vazn toifasida o'zbekistonlik Laylo Zayniddinova 1/16 finalda tojikistonlik Gulnoza Maksumovaga qarshi dayanga chiqadi. Ushbu bahsda g'olib chiqqan taekvondochi nimchorak finalda misrlik Yana Elmanzalvi bilan jang qiladi. 

-4️7 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Sitora Muhammad G'ulom Rasul 1/16 finalda bolgariyalik Alina Ivanova bilan to'qnash keladi. Bu jangda g'olib chiqqan sportchi nimchorak finalda qozog'istonlik Mariya Sevostyanova hamda koreyalik Yun Xi CHe jangi g'olibasi bilan jang qiladi. 


O'zbekiston taekvondo WTF Associaciyasi matbuot xizmati 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing