23 avg 09:55
Yangiliklar
Jahon chempionati. Erkin kurashchilarimiz 25 avgustda ishtiroklarini boshlashadi
Dunyoning yuzdan ortiq davlatining eng sara polvonlari ishtirok etayotgan yilning eng nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi kurashchilari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti.
25 avgust kuni erkaklar o'rtasida erkin kurash bahslari boshlanadi. Parij gilamlarida yurtimiz sport sharafini Nodirjon Safarov (57 kg), Ixtiyor Navro'zov (70 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg), Umidjon Ismanov (86 kg), Magomed Ibragimov (97 kg) hamda David Modzmanashvili (125 kg) himoya qiladi.
Afsuski, 21-22 avgust kunlari o'tkazilgan yunon-rum kurashi bahslarida terma jamoamiz azolaridan hech biri sovrindorlar safidan joy ola bilmadi. Jahon chempionatida O'zbekiston ayollar kurashi terma jamoasi ishtirok etmaydi.
Fikrlar